• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2025-01-21

Kuni kecha Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya o'zaro tajriba almashish uchun Namangan viloyatida bo‘lib, hududiy birlashma va To'raqo'rg'on tuman jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Xususan, o'rganishlar davomida Toʻraqoʻrgʻon tuman jamiyatidagi "Isteʼmolchilar uyi" binosi hamda jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, isteʼmolchilarning murojaatlari bilan ishlash hamda hamkor tashkilotlar hisoblangan xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash tizimidagi faollar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar hamda monitoring oʻrganishlar olib borish toʻgʻrisida atroflicha malumot almashildi. Toshkent shahar hududiy birlashmasi tuman jamiyatlari bilan birgalikda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Respublikaning iqtisodiy tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarining bajarilish holatini jamoatchilik tartibida o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish to‘g‘risida"gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganishlar olib borildi.