ISTEʼMOLCHINING QARZDORLIGI YAQIN 5 MILLION EMAS, 775 MING SOʻM EKANI ANIQLANDI Yangi Namangan tumani "Ishonch" MFY Bodomzor koʻchasida yashovchi Yʼ.S. Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Unga koʻra, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan fuqaro xonadoniga yaqin 5 million soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangan. Isteʼmolchi qarzdorlikka oydinlik kiritish maqsadida Yangi Namangan elektr taʼminoti idorasiga murojaat qilgan, biroq idora mutasaddilaridan tayinli javob boʻlmagan. Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari oʻrganilganda Isteʼmolchi xonadoni oldi tomonida oʻrnatilgan elektr sim yogʻochga kimdir yoritgich oʻrnatganligi yuzasidan va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan dalolatnoma tuzilib 4950000 soʻm jarima belgilanganligi,ushbu xonadonda uzoq vaqtdan buyon hech kim yashamasligi,qolaversa ushbu sim yogʻoch joylashgan joy isteʼmolchini kadastr hududidan tashqarida boʻlganligi,xonadon raqami isteʼmolchini ismi familiyasi notoʻgʻri koʻrsatilgan, ushbu asossiz qarzdorlik yuzaga kelgani, isteʼmolchining elektr energiyasi toʻlovlaridan qarzi esa 775 ming 260 soʻm ekani maʼlum boʻldi. Olib borilgan oʻrganish ishlari davomida ushbu holatlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar tuman elektr taʼminoti korxonasiga kiritilganidan soʻng, korxonadan isteʼmolchi xonadoniga hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, ushbu summa isteʼmolchi hisob kartasidan chiqarib yuborildi.