TA’LIM SIFATI-DOLZARB MASALA!”
Mingbuloq tuman jamiyati tomonidan grant loyiha doirasida “Ta'lim sifati–dolzarb masala!” mavzusida tumandagi 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparati raisi grant loyiha rahbari Muhtorjon Mamadiyev hamda 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Nishonova Shoira tomonidan Mingbuloq tumani Baland gurtepa MFY da joylashgan 34-sonli muassasada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan “Najot-ta'lim. Najot-tarbiya. Najot bilimda“ shiori ostida o’tkazilgan grant loyiha doirasida “Ta'lim sifati–dolzarb masala!” mavzusida grant loyiha ish rejasiga asosan muassasa hodimlari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatidan ko'zlangan maqsad, aholi(iste’molchi)lar o'rtasida iste'mol madaniyatini oshirish, hamda grant loyihaning mazmun mohiyati amalga oshirishdagi rejalari haqida, O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonuni va 2002 yil 28-noyabrdagi 414-sonli qarori targ’iboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 4 apreldagi PQ–110-sonli qarori ijrosini ta'minlashdan iborat. Davra suhbatida Mingbuloq tumani jamiyati raisi grant loyiha rahbari Muhtorjon Mamadiyev tomonidan sohadagi o'zgarishlar, grant loyihaning mazmun mohiyati uni amalga oshirishdagi rejalari haqida va iste'mol madaniyatini oshirish borasida alohida nutq so'zladi va tushunchalar berildi. Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholi(iste’molchi)larning iste’mol madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iste’molchilar huquqlarining qonun himoyasiga olinishi bozor munosabatlarini tartibga solish, tovar va xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Davra suhbati ishtirokchilarga grant loyiha doirasida belgilangan tarqatma materiallar qonun nusxalari tarqatildi hamda iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga jamiyat raisi hamda mutahassislar tomonidan javob berildi.