• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2025-03-19

Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan tadbir Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Namangan hududiy birlashmasi hammda Namangan shahar  jamiyati tomonidan 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Namangan shaxar jamiyati rasi B.Abdullamudov ochib berdi. O‘z nutqida u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda aholining moliyaviy savodxonligini  oshirish bo‘yicha dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu tadbir iste’molchilar huquqlarini mustahkamlash va adolatli hamda barqaror iste’mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir. Seminar davomida ishtirokchilarga sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hamda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga huquqiy javoblar berildi.