• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2024-07-04

ISTEʼMOLCHI ZIMMASIDAGI 2 MLN 820 MING SOʻM NOREAL QARZDORLIK BARTARAF ETILDI Namangan viloyat Namangan shahrida yashovchi fuqaro K.I Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi xonadoni 2023-yilda issiqlik tizimi quvurlari talab darajasida ishlamagani sababli, issiq suv tizimidan uzib qoʻyilgan. Shunga qaramasdan, Namangan shahridagi "Issiqlik manbai" DUK tomonidan hozirgi kungacha kommunal toʻlovlar hisoblab borilgan. Natijada, 2 million 820 ming 378 soʻmlik noreal qarzdorlik yuzaga kelgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, korxona xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, isteʼmolchi zimmasidagi 2 820 378( ikki million sakkiz yuzi yigirma ming uch yuz yetmish sakkiz) soʻmlik asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.

ISTEʼMOLCHI ZIMMASIDAGI 2 MLN 820 MING SOʻM NOREAL QARZDORLIK BARTARAF ETILDI

Namangan viloyat Namangan shahrida yashovchi fuqaro K.I Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga  murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi xonadoni 2023-yilda issiqlik tizimi quvurlari talab darajasida ishlamagani sababli, issiq suv tizimidan uzib qoʻyilgan. Shunga qaramasdan, Namangan shahridagi "Issiqlik manbai" DUK tomonidan hozirgi kungacha kommunal toʻlovlar hisoblab borilgan. Natijada, 2 million 820 ming 378 soʻmlik noreal qarzdorlik yuzaga kelgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, korxona xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, isteʼmolchi zimmasidagi 2 820 378( ikki million sakkiz yuzi yigirma ming uch yuz yetmish sakkiz) soʻmlik asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.