Chust tumanida yashovchi fuqaro A.U. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Telegram botiga murojaat qilgan.
Unga koʻra, fuqaro Chust tumanda joylashgan “Sponsr” savdo doʻkonidan 5 800 000 soʻmga 2 dona uyali aloqa telefon apparatini muddatli toʻlov asosida sotib olgan. Biroq bir hafta oʻtib, telefonlardan biri texnik jihatdan yaxshi ishlamayotgani sababli, doʻkonga qaytarib olib borgan, oradan vaqt oʻtib kridet toʻlash vaqti kelganda esa 2 dona uyali aloqa telefon apparati uchun foizlar ushlab qolingan lekin nosoz telefon apparati esa sotuvchi almashtirib berishdan bosh tortgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, “Sponsr” savdo doʻkoni, sotuvchisiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, isteʼmolchining foydasiga ijobiy hal etildi.