Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan respublika bo`ylab jamiyatning yosh iste`molchilari bo`lgan bolajonlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan turli tadbirlar muntazam o`tkazib kelinmoqda.
Kuni kecha 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Sog`lom bola - yurt tayanchi" shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman jamiyati xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tadbir so`ngida suv sporti bo`yicha yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga va ularning murabbiylariga turli sovgʻalar topshirildi.