Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga A.Navoiy MFYda yashovchi G.S. dan ogʻzaki murojaat kelib tushdi.
Ushbu murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchiga chet davlatdan fuqaro nomiga viza karta orqali pul oʻtkazmasi oʻzbek valyutasida 20 000 000 yigirma million soʻm pul mablagʻi joʻnatilgan lekin ayrim sabablarga koʻra ushbu pul mablagʻlarini naqdlashtirishda muammolar yuzaga kelganligi bank xodimlari esa isteʼmolchiga yordam bera olmagan shundan soʻng Pop tuman jamiyatiga murojaat etgan.
Ushbu holat boʻyicha murojaat jamiyat masʼullari tomonidan ijobiy hal etildi.