O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Bosh sahifa
Biz haqimizda
Xodimlar
Yangiliklar
Media
Fotogalereya
Videogalereya
Bog'lanish
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
RU
Uz
Ru
En
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi
Telefon
+998999999999
Email
info@istemol.uz
Manzil
O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy
Yangiliklar
Bosh sahifa
Yangiliklar
2024-08-09
Admin
asd.Boshqa yangiliklar
Admin
NAMANGANDA QARIYB 14 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2024-yilning oʼtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 801 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 189 tasi yozma, 612 tasi ogʼzaki, 49 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 14 861 328 186 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholining iste'molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Admin
ISTEʼMOLCHI ZIMMASIDAGI 2 MLN 820 MING SOʻM NOREAL QARZDORLIK BARTARAF ETILDI Namangan viloyat Namangan shahrida yashovchi fuqaro K.I Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi xonadoni 2023-yilda issiqlik tizimi quvurlari talab darajasida ishlamagani sababli, issiq suv tizimidan uzib qoʻyilgan. Shunga qaramasdan, Namangan shahridagi "Issiqlik manbai" DUK tomonidan hozirgi kungacha kommunal toʻlovlar hisoblab borilgan. Natijada, 2 million 820 ming 378 soʻmlik noreal qarzdorlik yuzaga kelgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, korxona xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, isteʼmolchi zimmasidagi 2 820 378( ikki million sakkiz yuzi yigirma ming uch yuz yetmish sakkiz) soʻmlik asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.
Admin
Namanganda 1 milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi Mingbuloq tumanidagi 17 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Mingbuloq tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgan. Lekin qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2024-yilning iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.