• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2024-07-01

SALKAM 2 MILLION SO'MLIK NUQSONLI TELEVIZOR SIFATLISIGA ALMASHTIRILDI Chust tumani "Sabzazor" mahallasida yashovchi fuqaro M.N. O'zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan. Unda ma’lum bo’lishicha, fuqaro Chust tuman tijorat bozorida joylashgan maishiy texnika do’konlarining biridan 1 700 000 so’mga “Sonor” rusumli televizor sotib olgan. Oradan 6 oy o'tgach, televizor nosoz holga kelib qolgan. Shundan so'ng, iste’molchi bu bo'yicha do’kon mas'ullariga murojaat qilgan, ammo servis markazi xodimlari xarid qilingan televizorning kafolat muddati boʻlishiga qaramay, fuqarodan xizmat uchun 700 000 soʻm pul talab qilgan. Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilib, do’kon ishchi xodimlariga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, do'kon ma'muriyati tomonidan isteʼmolchiga ayni shunday markali maqbul sifatli televizor topshirildi.

AVIACHIPTA PULI ISTE'MOLCHIGA QAYTARILDI

Uychi tumani "Yorqoʻrgʻon" MFYda yashovchi fuqaro I.Z. tomonidan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro chet davlatiga chiqish uchun Uychi tumanida joylashgan Saidaxon Musoxon xususiy korxonasidan 4 million 400 ming soʻmga aviachipta xarid qilgan. Lekin betobligi sababli, safarni bekor qilgan, chipta pulini esa qaytarib ola olmagan.

Oʻrganish davomida masʼullarga qonunning tegishli moddalari haqida tushunchalar berilib, fuqaro I.Z. xarid qilgan aviachipta puli isteʼmolchi foydasiga toʻliq hal etib berildi.