• O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahar, Nodira ko'chasi 3-uy

Yangiliklar

2025-01-21

NAMANGANDA QARIYB 18 MILLARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish borasida 2024-yilning oʼtgan 1 yili davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 1079 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 292 tasi yozma, 787 tasi ogʼzaki, 124 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan. Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 17 931 713 749 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan. Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholining iste'molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.